Namanganda 3-mart kuni soat 12:26 da Damas avtomashinasi yonib ketdi. Bu haqda Namangan FVB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa Namangan shahar Yangi Namangan tumani “Ishonch” MFYda joylashgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida sodir bo‘lgan. Ustaxonaga taʼmirlash uchun olib kelingan Damas’da yong‘in sodir bo‘lgach, ustaxona ishchilari va yon atrofdagi fuqarolar tomonidan o‘chirilgan.
Sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan qutqaruvchilarga xabar o‘z vaqtida bormagan va voqeada tan-jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.