AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 74 nafar o‘zbekistonlik 3-mart kuni vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda UzReport.
![](/static/2024/03/03/014b022d00d57dc2a41f0a6ecee77018-kVoz5YdS.jpeg)
Maʼlum qilinishicha, ularning ko‘pchiligi AQSHga Meksika orqali o‘tgan. Shuningdek, bir qancha boshqa davlatlar orqali borgan fuqarolar ham bor. Ular AQSH hududiga kirgunicha turli qiyinchiliklarga duch kelgan.
“Bagajimni yo‘qotib, to‘satdan Madridga uchganman. Ushbu shaharda bilet yo‘qolib qolib, 14 kun davomida 400 ta o‘zbek Madridda xor bo‘lgan. Shu yerdan Turkiyaga deport qilinganmiz. Keyinchalik Gvatemalaga bordik va yana harakat qilib ko‘rdik. Ikkinchi marta chegaradan qaytarilib, immigratsion joyda 2 sutka yotganman. Venesuela fuqarolari bilan “peshkom” 3 kun yurganmiz. U yerda ham qochdik, yurdik, o‘liklarni ham hamma narsani ko‘rdik. Maslahat bermayman, Amerika shunchaki reklama.
10 ming AQSH dollariga yaqin pulim ketdi. Iyulda uyimdan chiqqan bo‘lsam, avgust oyida men ushbu davlatga yetib bordim. Lekin ishlay olmadim. Pul sarflab-sarflab qaytdik. Bormoqchi bo‘lganlarga maslahatim — bormanglar. Bu shunchaki reklama. Kasallik orttirib qaytasiz. Hammasi yolg‘on”, — degan qaytgan fuqarolardan biri.
2023-yilning 20-dekabrida AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 119 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgan edi.