Toronto shahrida yashovchi Odriana Li va uning Dobbi laqabli iti TikTok’ni zabt etmoqda. Kuchuk “Garri Potter” filmidagi sehrli so‘z va afsundan iborat buyruqlarni bajara oladi, deb yozmoqda New York Post.
![](/static/2024/02/24/11111-erDEKi6-.jpg)
Fevral oyining boshlarida TikTok foydalanuvchisi 3 yashar Dobbining turli buyruqlarni so‘zsiz bajargani aks etgan video bilan bo‘lishgan edi. Bir necha hafta ichida video 5 million marta ko‘rildi va 600 mingdan ortiq layk yig‘di.
![](/static/2024/02/24/11-NIjAyyku.webp)
“Aktsio!” degan buyruqqa kuchuk yugurib keladi, “Immobilyus” desangiz, joyida jim turadi, “Avada kedavra” so‘zini eshitganda kuchuk o‘zini o‘likka solib yotadi.
![](/static/2024/02/24/111-5BGu1JYT.jpg)
Bundan tashqari, Dobbi quyidagi buyruqlarni ham bajara oladi:
Yerga yotish — “Ostolbeney”
Suv ichish — “Argumenti”
Orqaga yurish — “Relatio”
Boshni egish — “Duro”
Sakrash — “Astendio”.
Izoh (0)