O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 23-iyun kuni Ko‘ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurgan Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuvda o‘zbek va tojik xalqlarini azaliy do‘stlik va qo‘shnichilik rishtalari, madaniyat va an’analar uyg‘unligi bog‘lab turishi ta’kidlandi.
Uchrashuvda mamlakatlarning hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘pligi, ularni ishga solish ikki tomon uchun ham manfaatli ekani ta’kidlandi. Savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Emomali Rahmon Tojikiston O‘zbekiston bilan hamkorlikni yuksak qadrlashi, ushbu uchrashuv o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lganini ta’kidladi.
Izoh (0)