Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 7,09 so‘mga pastlab, 12 489,92 so‘m bo‘ldi. Yevro 33,61 so‘mga oshib, 13 446,65 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,12 so‘mga tushib, 135,07 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket to‘rt kun ko‘tarilib, 12 497,06 so‘m bo‘lgandi. Yevro ham oshib, rubl pastlagandi.
Izoh (0)