• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    Raqiblarning sochidan tortish, igna sanchish va turli savollar bilan chalg‘itish. Futboldagi eng jirkanch usullar

    Futbolda g‘alaba uchun, hattoki, eng buyuk futbolchilar ham turli nayranglarni qo‘llashadi. Masalan, Mourinyo o‘z shogirdlariga ko‘rsatmalar berish uchun kir choyshablar orasiga kirib olgan. Byelsa raqibini o‘rganish uchun josuslarni yollagan. Maradonaning Angliya darvozasiga qo‘li bilan urgan o‘sha mashhur golni hamma biladi. 

    Ba’zi jamoalar o‘yinchilari raqib 11 metrlik jarimadan foydalana olmasligi uchun o‘sha nuqtani oyog‘i bilan ezib qo‘yishi mumkin. 

    Ammo bu holatlar bugun sizga hikoya qilinadigan holatlar oldida oddiydek tuyilishi mumkin. 

    Angliya Kubogini qo‘lga kiritish uchun bir hafta yuvinmaslik

    1988-yilda “Uimbldon” sensatsion tarzda “Liverpul”ni mag‘lub etib, Kubokka ega chiqdi. Vinni Jons sardorligidagi jamoani qo‘pol o‘yini sababli o‘sha paytlarda “ahmoqlar to‘dasi” deb atashgan. Final o‘yinidan oldin jamoa haqidagi gaplarning o‘zi raqiblarni qo‘rqitib turgan vaziyatda ular yana bir nayrang o‘ylab topishdi — yuvinmaslik. 

    “Biz mehmonxonaga bordik va bir hafta davomida o‘yingacha yuvinmaslikka qaror qildik. Agar kimdir yuvinsa, u qattiq jazolanardi”, — deb eslaydi Jon Fashan The Daily Star’ga bergan intervyusida. 

    “Tarkibimizda bir nechta hech narsadan tap topmaydigan futbolchilar bor edi. Ular o‘yinda bizdan bir kilometr naridan hid kelishi kerakligini uqtirishardi. Biz o‘zimizni juda ham dahshatli his qilardik. Hattoki, tishimizni yuvmasdik. 

    O‘yindagi g‘alabaga nafaqat bu hid, balki, bizning qo‘pol o‘yinimiz ham sabab. Biz maydonga tushganda jangga tayyor edik. Biz uchun avval janjal, keyin futbol turar edi. Vinni beshinchi daqiqalarda raqibning oyog‘iga juda qattiq tepdi. Mana shunaqa qilib o‘yin boshlangan”, — deb eslaydi sobiq futbolchi. 

    Albatta, g‘alabada “Uimbldon” darvozabonining “Liverpul” tepgan penaltini qaytargani ham sabab bo‘lgan edi. 

    Raqibni bayroq va mashinalar haqidagi turli savollar bilan chalg‘itish. Masalan, Kolumbiya va Venesuela davlatining bayrog‘ida nega bir xil ranglar ishatilgan?

    JCH—2014 saralash o‘yinlarida Urugvay va Kolumbiya qarama-qarshiligi yuzaga kelgan edi.

    Urugvayliklar o‘yingacha beshinchi o‘rinda borishardi. Bundan tashqari Kolumbiya tarkibida Falkao, Jekson Martines, Kuadrado kabi tajribali o‘yinchilar bor edi. 

    Bundan ham yomoni Urugvayning asosiy himoyachilaridan biri o‘yinda ishtirok eta olmasligi sabab, murabbiy 19 yoshli o‘smir Xose Ximenesni maydonga tushirishga majbur bo‘lgandi. Aynan o‘sha himoyachi o‘yinning tub burilishiga sabab bo‘ldi. U Falkaoni umuman hech kim kutmagan tarzda “zararsizlantirdi”. 

    “Men hech diqqatimni bir joyga to‘play olmadim. Himoyachi Ximenes menga savollar beraverib, jonimga tegdi, — deb eslaydi Radamel. — Avvaliga u mendan mashinamning rusumi qanaqa deb so‘radi. Men “Audi” deb javob bergach, u o‘rindiqlar qanday materialdan tayyorlanganligini so‘radi. Men unga o‘ylab javob berguncha, u mendan avval to‘pga ega chiqardi. 

    Keyin u mendan nega Ekvador, Kolumbiya va Venesuela davlatlarining bayroqlarida bir xil ranglar ishlatilganini so‘radi. Yana bir safar yonimga kelib, bugungi o‘yin uning uchun debyut ekanligi sabab, bugungi sanani tatuirovka qilib tanasiga urdirmoqchiligini aytdi va mendan sentyabr (inglizcha “september”) so‘zining oxirida “r” harfi bor yoki yo‘q ekanligini so‘radi. Shunday qilib, u mening “qonimni qaynatdi” va men o‘yinga to‘liq kirishib keta olmadim”, — deydi Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi. 

    Urugvay bahsda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi, Falkao esa hech qanday aytarli xavfli vaziyatlar yarata olmadi. 

    Raqibning hayotini qiyinlashtirish: suvni o‘chirish, kiyim almashtirish xonasini qizitish yoki polni sirpanchiq qilish

    2013/14-yillarda “Liverpul” chempionlik uchun kurashayotgan edi. Raqiblar esa ularga xalaqit qilish uchun turli yo‘llarni qilishdi. “Vest Hem” bilan o‘yindan keyin Stiven Jerrard raqiblarni turli nopok yo‘llardan foydalanishda aybladi. 

    “Biz kutganimizdan-da yomonroq vaziyatlarga solindik: kiyinish xonamizni juda isitib yuborishdi, maydon esa juda quruq edi, bundan tashqari avtobusni stadiondan 2 kilometr uzoqqa qo‘yishimizni aytishdi. Biz shuncha joydan piyoda kelardik. Ular biz o‘zimizning o‘yinimizni ko‘rsata olmasligimiz uchun hamma narsa qilishdi”, — deydi Stiven. 

    “Vest Hem” mutasaddilari ayblovlarni rad etdi. Ularning fikricha, “Liverpul” o‘zi avtobusni uzoqqa qo‘yishni xohlagan, maydon esa boshqa kunlardan ko‘ra namroq bo‘lgan. Xonaning harorati haqida “mersisaydliklar” shikoyat qilmagan. 

    Aynan “Liverpul” maydon va kiyinish xonasining holati haqida nolimasa ham bo‘ladi. Sababi “Enfild”ga kelgan Mikel Arteta maydonning juda namligi noqulaylik keltirishi va oyog‘ini sindirib olishiga sal qolganini aytib o‘tgan. Boshqa raqiblarning fikriga tayanadigan bo‘lsak, ular aynan “qizillar” kiyinish xonasining sirpanchiq ekanligidan noligan. 

    Kiyinish xonasidagi ayyorliklar qatoriga “Norvich” 2018-yil qo‘llagan ishni ham kiritsak bo‘ladi.

    Ular raqiblar kiyim almashtirish xonasining rangini atayin yorqin pushti rangga bo‘yagan. Mutaxassislar fikricha, bu rang testesteronni tushirib yuboradi va odam o‘zini charchagan his qiladi. 

    Raqibning sochidan tortish — Savich metodi

    “Atletiko” La Ligadagi eng “bezori” jamoa hisoblanadi. Simeone yigitlari raqiblarning o‘yin tempini va hujumini buzish hamda vaqtni cho‘zishda turli nopok yo‘llardan foydalanishadi. 

    “Men Ispaniyada bunday usullarga ko‘p duch kelganman”, — deydi “Nyukasl” himoyachisi Kiran Trippyer The Guardian nashriga bergan intervyusida. “Men o‘yinning tempini tushirish haqida aytmoqdaman. Agar raqib ko‘p hujumga o‘tsa, albatta, o‘yinning sur’atini sekinlatish uchun, aqlingizni ishlatishingiz kerak.

    Masalan, Savichning ishlari “tahsinga sazovor”. U, hatto, mashg‘ulotlarda futbolchilarning sochini tortib qolar edi”, — so‘zlaydi Trippyer.  

    Savich o‘yinda bunday ishni ko‘p bajargan. Eng esda qolgan vaziyat Chempionlar Ligasining chorak final javob o‘yinida “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda yuz bergan.

    O‘shanda u Grilishning sochidan tortgan edi (o‘sha paytda Jek ham himoyachini haqorat qilgan).

    G‘alaba uchun kichik bezoriliklar: darvozabon qo‘lqopini yoki oyoq kiyim iplarini yechish

    2020/21-yilda “Fulhem” yarim himoyachisi Bobbi Rid Eduar Mendining qo‘lqopini yechmoqchi bo‘lgan.

    2017-yil fevral oyida esa Libertadores Kubogi o‘yinida “Deportivo Kapiata” a’zosi Xulio Irrasabal to‘pni tepish uchun to‘g‘rilayotgandek egilib, “Atletiko Paranaense” futbolchisining oyoq kiyimi iplarini yechib yuborgan. Bu chora samarasiz yakunlanganiga qaramasdan, ijtimoiy tarmoqlarda virusdek tarqalgan.

    Raqibning eng yaxshi o‘yinchisini navbat bilan yiqitish. Bu uning jahlini chiqaradi

    Turkiyaga yo‘l olishdan oldin Zaa “Kristal Pelas”ning eng tezkor va driblingi kuchli o‘yinchisi edi.

    Shuning uchun unga nisbatan juda ko‘p qo‘polliklar ishlatilgan. O‘yinlarning birida Uilfrid o‘zini tutib tura olmagan va bir daqiqadayoq ikki sariq kartochkani olib, maydonni tark etgan. Birinchisini u Uord-Prouzga nisbatan qo‘polligi, ikkinchisini esa hakamga chalgan qarsaklari uchun olgan. 

    Doimiy oyoqlariga bo‘ladigan zarbalardan charchagan Zaa, raqiblarining maydondan chetlatilmayotganidan nolir edi. 

    “Uotford” sardori Troy Dini bir sirni ochgandi. Uning tan olishicha, Zaaga qo‘pollik qilish uchun himoyachilar navbatlarni kelishib olgan. 

    “Agar raqibingizga ko‘p qo‘pollik qilsangiz, u hakamga jahl bilan baqiradi. Bunaqa paytda hakam ham barcha yiqilishlarga jarima belgilayvermaydi”, — deydi Troy Dini. 

    Jahon Chempionati finalidagi Zidan bilan bo‘lgan holat: Raqib futbolchisini haqorat qilib, quyushqondan chiqarish.  

    “Treshtok” bo‘yicha futbol basketbol bilan tenglasha olmaydi, albatta. Ammo futbolda ham bunday holatlar uchrab turadi. 

    Shunday holatlardan eng mashhuri 2006-yil Zidan va Materassi o‘rtasida sodir bo‘lgan edi. O‘shanda Italiya terma jamoasi himoyachisi Zidanni haqorat qilishi oqibatida ko‘krak qismiga futbol afsonalaridan birining boshi kelib urilishiga sabab bo‘lgan edi. Oqibatda, fransuzlar qo‘shimcha vaqtlarni bir kishi kam bo‘lib qolishgandi. Bu turnirda Italiya terma jamoasi penaltilar seriyasida g‘alaba qozongan. 

    Eng xavfli yo‘llardan biri: raqibga igna sanchish

    Ba’zida futbolchilar aqlbovar qilmas yo‘llarni o‘ylab topishadi. Masalan “Pasifiko” jamoasi himoyachisi Federiko Alyende 2017-yil Argentina Kubogi final o‘yinida “Estudiantes” jamoasi futbolchilariga igna sanchganini tan olgan. 

    “Men raqib o‘yinchilariga o‘yin davomida vaqti-vaqti bilan igna sanchardim. Yuqori liga jamoalari o‘yinni cho‘zishingiz yoki ularga nisbatan qo‘pollik qilishingizni yoqtirishmaydi. Bu — futbol. Unda turli yo‘llarni sinab ko‘rish kerak”, — deydi Alyende. 

    Haqiqat oshkor bo‘lgach “Pasifiko” prezidenti futbolchi bilan shartnomani bekor qilishi haqida aytib o‘tgandi. 

    Ninalardan foydalanish bu yangi uslub emas. Argentinalik hujumchi Karlos Bilardo o‘tgan asrning 70—80-yillarida o‘z butsalariga ignalarni yopishtirib, raqiblarni jarohatlashga uringan. U murabbiy bo‘lganda ham ayyorliklarni o‘ylab topishdan charchamagan. Mish-mishlarga qaraganda, uning shogirdlari qo‘llariga qalampir surtib chiqishar va raqib bilan kurashda qo‘llarini raqibining ko‘zlariga tegishga urinishgan ekan. 

    Erkin G‘aybullayev tarjimasi

    12.02.2024, 18:17   Izoh (0)   8968
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ronalduning ketishi motivatsiya bergani, futboldagi kumiri va navbatdagi maqsadi haqida — “Oltin to‘p” sohibi Karim Benzema intervyusi

    18.10.2022, 14:58

    FFF Etika qo‘mitasi Zidan haqida keskin fikr bildirgan federatsiya prezidentidan iste’foga chiqishni so‘radi

    11.01.2023, 09:07

    “Polkovnik yomon ahvolda!”. Bir necha avlodni tarbiyalagan afsonaviy murabbiy Valeriy Lobanovskiyning futboldagi so‘nggi kunlari haqida

    14.05.2023, 15:28

    Ibrohimxalil Yo‘ldoshev Qozog‘iston chempionatining yanvar oyidagi eng yaxshi transferlari ro‘yxatidan joy oldi 

    12.02.2024, 15:42

    “SSKA” tarbiyalanuvchisi “Andijon” klubi bilan shartnoma imzoladi 

    12.02.2024, 14:02

    Jud Bellingham jarohati sababli “Real”ning muhim o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi 

    12.02.2024, 11:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman. Xabi Alonso mavsum yakunida “Bayer”ni tark etishini e’lon qildi

    Sport | 9 may, 18:41

    Bill Geyts o‘zining deyarli barcha boyligini kambag‘al va bemorlarga tarqatish niyatida

    Dunyo | 9 may, 18:35

    “Bu yaqin vaqt ichida sodir bo‘ladi” — Lamin Yamal kelajagi borasida bir qarorga keldi

    Sport | 9 may, 18:05

    Ispaniyada erkak gazli suvdan bir qultum ichib, oshqozoni va qizilo‘ngachini kuydirdi

    Dunyo | 9 may, 17:40

    Shri Lankada o‘nlab harbiy xizmatchilar bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi

    Dunyo | 9 may, 17:25

    Tramp Zelenskiy bilan telefonda suhbatlashdi

    Dunyo | 9 may, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.