O‘zbekiston aholisida 2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra 4 milliondan ortiq avtomobil mavjud. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Idoraviy maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtomobillar soni 4 020 744 tani tashkil etmoqda.
Aholiga tegishli jami avtotransport vositalaridan:
- yengil avtomobillar – 3 759 045 ta;
- yuk avtomobillari – 240 917 ta;
- avtobuslar – 6 297 ta;
- mikroavtobuslar – 9 102 ta;
- Maxsus transportlar – 5 383 ta.
Avvalroq O‘zbekistonda 2023-yilda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarning 118 093 donasi Cobalt hissasiga to‘g‘ri kelgani va bu boshqa rusumlar ichida eng ko‘p miqdor ekani xabar qilingandi. Keyingi o‘rinlarda Damas (89 154 dona) va Gentra (82 133 dona) nisbatan ko‘p ishlab chiqarilgan. Shu bilan birga, kompaniya o‘tgan yili 48 082 dona Tracker, 30 596 dona Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqargan.
Izoh (0)