Bugun Marhamat tumanidagi ikki qavatli uylardan birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur vaziyat viloyat hokimi tomonidan nazoratga olingan. Taʼkidlanishicha, yong‘inni bartaraf etish ishlaridan so‘ng, aholini qo‘llab-quvvatlash ishlari tashkil etilgan.

Hozirda uyni tezkor tartibda taʼmirlash harakatlari boshlangan. Aholi vakillari ovqatlanishi va boshqa zaruriyatlar yuzasidan barcha kerakli sharoitlar yaratilmoqda.

“12-fevraldan uyning tom qismini yangidan barpo etish ishlari boshlanadi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)