Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi ikki qavatli uyda yong‘in yuz berdi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda taraldi.
Viloyat FVB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 11-fevral kuni soat 14:00 da “O‘zbekiston” MFYda joylashgan ikki qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yettita yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 14:06 da yetib borib, yong‘in soat 14:16 da o‘rab olingan va soat 14:44 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida maʼlumot kelib tushmagan.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)