“PSJ” prezidenti Nosir al-Helayfi Kilian Mbappe haqidagi savolga javob berdi.
“Ikkalamiz ham bir qarorga kelgach, bu haqida sizga xabar beramiz”, — dedi parijliklar rahbari unga berilgan savolga javoban.
Eslatib o‘tamiz, Mbappening Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.
Avvalroq, futbolchi “Real” bilan muzokaralar olib borayotgani, katta ehtimol bilan Madrid jamoasiga o‘tishi haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)