Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi hisobida navbatdagi medallar jamlanmasi. Mahoratli polvon Sunnatilla O‘sarov Osiyo chempionatida 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
O‘sarov dast ko‘tarishda 161 kg, siltab ko‘tarishda 185 kg va ikki kurashda 346 kg natija ko‘rsatishga erishdi.
Ayni paytgacha musabaqada O‘zbekiston terma jamoasi jamg‘argan umumiy medallar soni 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronzani tashkil etmoqda.
Izoh (0)