Yengil atletika bo‘yicha mustaqil antidoping organi (AIU) bir qancha sportchilarni musobaqalardan chetlatdi.
Tashkilotning bayonotiga ko‘ra, Marokash, Kolumbiya, Boliviya, Italiya kabi mamlakatlardan bir nafardan, Keniyadan esa 3 nafar sportchi musobaqalardan chetlatilgan.
Shuningdek, o‘zbekistonlik yengil atletikachi Sitora Hamidova ham vaqtincha diskvalifikatsiya qilingani ma’lum bo‘ldi. Sitora tarkibida dehidroxlorometil — testosteron, heptaminol, oktodrin bo‘lgan modda iste’mol qilgani aniqlangan.
Qayd etib o‘tish joiz, 34 yoshli sportchi 10 ming metr masofani 31:57,42 natija bilan bosib o‘tib, O‘zbekiston rekordini o‘rnatgan.
Izoh (0)