• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Jarroh bo‘lishni orzu qilgan, ota-onasining “quloqsiz” farzandi bo‘lgan va qo‘shiqlaridan birini 16 ta xorij sanʼatkori ijro etgan Ulug‘bek Rahmatullayev 42 yoshda (foto, video)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev bu yil 42 yoshni qarshiladi. Asli tarixchi bo‘lgan Ulug‘bek Rahmatullayev nega sanʼatni tanlagani va mashhurlik ham bir sinov ekanligi haqida gapirdi.

    “O‘lgan hayvonlarni topib kelib, o‘rganardim”

    Ko‘pchilik xonandalar bolaligida sanʼatga qiziqqani, musiqa maktabida tahsil olgani haqida gapiradi. Ammo Ulug‘bek Rahmatullayev bolaligida sanʼatkor bo‘lishni orzu qilmagan.

    Foto: Instagram / @ulugbekrahmatullaev

    — Bolaligimdan fazogir bo‘lishni orzu qilganman. Keyin O‘zbekistonda raketa uchirilmasligini eshitib, bu qarorimdan qaytganman. Hozir meni ko‘pchilik og‘ir-bosiq inson sifatida biladi. Ammo bolaligimda nihoyatda sho‘x, ota-onamning eng muammoli farzandi bo‘lganman. 10 yoshimda jarrohlik sohasiga qiziqib qolganman. O‘lgan hayvonlarni olib kelib, tajribalar o‘tkazardim. U paytdagi xatti-harakatlarimni eslasam hozir qo‘rqib ketaman.

    Foto: Instagram / @ulugbekrahmatullaev

    Maktabda sheʼr va qo‘shiq aytishni yaxshi ko‘rardim, ammo sanʼatkor bo‘laman, degan qatʼiy qaror bo‘lmagandi. Shuning uchun ham sanʼat institutida emas, Toshkent davlat sharqshunoslik institutida o‘qishni istagandirman, — deydi xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev.

    “Muammoli farzand bo‘lganman”

    Xonanda bolaligidagi unutilmas voqea va sho‘xliklari bilan bog‘liq xotiralarni esladi.

    Foto: Instagram / @ulugbekrahmatullaev

    — Oddiy o‘zbekona oilada dunyoga kelganman. Bizda milliy qadriyatlarga to‘liq rioya qilinadi. Bolaligimdan isrof nima ekanligini o‘rgatishgan. Har doim ovqatlanib bo‘lgandan keyin likopchani tozalab qo‘ysam “barakalla” degan so‘zni eshitardim. Bog‘chada ham shunday qilganimda bog‘cha opamiz kuzatib o‘tirgan ekan. Yonimga kelib “Nima balo, itmisan, nega likopchani bunchalik tozalayapsan”, degani ko‘nglimga juda og‘ir botgan. Bog‘cha davri deganda mana shu voqea takror-takror yodimga tushadi.

    Foto: Instagram / @ulugbekrahmatullaev

    Bolaligimda sho‘x va to‘polonchi bola edim. Qo‘shnimizning katta tut daraxti bo‘lardi. Maktabdan qaytayotganda hamma bolalar oyoq kiyimlarini yechib, tutga chiqardi. To‘yib tut yeb, keyin uylariga ketardi. Bolaligimga borib qizg‘anchiqlik qilardim va tut yemasin deb oyoq kiyimlarini ariqqa oqizib yuborardim. Shundan keyin to‘polon boshlanardi. Dadam savdo bilan shug‘ullanardi va do‘konlari bor edi. Janjal qilib kelishganidan keyin dadam do‘kondan yangi poyabzal olib berardi. Bolalar eski poyabzali o‘rniga yangisini olganini ko‘rib rosa jahlim chiqardi, — deydi xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev.

    “Ilgari son, hozir sifat uchun ishlayman”

    Xonanda hech qanday manfaatsiz unga yordam bergan insonlardan minnatdorligi va ijodni boshlagan kezlari sifatni emas, ko‘proq sonni o‘ylagani haqida gapirdi.

    Foto: Instagram / @ulugbekrahmatullaev

    — Oybek Aliyev degan jurnalistni ko‘pchilik taniydi. Mana shu inson menga hech qanday manfaatsiz odamlarga yordam berishni o‘rgatgan inson bo‘ladi. Yaratgan meni shunday insonlar bilan uchrashtirganidan hamisha minnatdorman.

    Avvalgi ijodimdan uyaladigan paytlarim ko‘p bo‘ladi. Chunki u paytlarda sifat uchun emas, songa ishlaganman. Faqat sanʼatda emas, boshqa sohalarda ham shunday bo‘lsa kerak. 40 yoshdan keyin odam ko‘p narsalar haqida o‘ylab qolarkan. Balki bu tajriba, balki saviyaning o‘sishi bilan bog‘liqdir, — deydi xonanda.

    “Ayolim mendan 11 yosh kichik”

    Xonanda 2010-yili Iroda ismli qiz bilan oila qurgan. Har doim ham shaxsiy hayotini oshkor etishni istamaydigan xonanda ayoli bilan qanday tanishgani va uning qaysi fazilatlarini hurmat qilishi haqida gapirdi.

    Foto: Instagram / @ulugbekrahmatullaev

    — Ayolim bilan katta opam tanishtirgan. Yoshimizdagi farq 11 yil bo‘lgani uchun u menga xuddi yosh boladek tuyulgan. “Juda kichkina-yu, bo‘lmaydi”, deganman. Ammo axloqining go‘zalligi o‘ziga maftun etgan. O‘shanda onam “Ayol kishi tez ulg‘ayadi, bitta farzandli bo‘lsa ko‘rasan”, degandi. Haqiqatan ham xuddi shunday bo‘ldi.

    Ayolim nihoyatda rashkchi, bu menga yoqadi. Ammo rashkning ham chegarasi borligini biladi, shu bois 14 yildan buyon birgamiz, — deydi xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev.

    “ ‘Qirmizi olma’ni mendan o‘g‘irlashgan”

    Ulug‘bek Rahmatullayevning “Qirmizi olma” qo‘shig‘i rus va dog‘istonlik tinglovchilar orasida ham mashhurlikka erishgan. “Yabloko lyubvi” qo‘shig‘ini nafaqat yoshi katta xonandalar, balki bolalar ham ijro etgan.

    Foto: Instagram / @ulugbekrahmatullaev

    — Bu qo‘shiq haqida “Qaysi davlatdan o‘g‘irlagansiz?” degan savolni ko‘p berishadi. Aslida bu qo‘shiqni 2017-yili YouTube tarmog‘iga joylaganmiz. Uning ilk ijrochisi o‘zimman. Mendan keyin bu qo‘shiqni 15-16 ta ijrochi aytdi. Ularning orasida professional ijodkorlar ham bor. Qo‘shig‘imni ijro etganligi uchun ulardan haq olmaganman, bir og‘iz iltimos qilishsa bo‘ldi. Hech qachon “Mening qo‘shig‘imni aytma”, deb qarshilik bildirmayman. Aksincha, xursand bo‘laman. “Qirmizi olma”ni mendan o‘g‘irlashgan, — deydi xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev.

    “Faqat ‘qitiqlaydigan’ savollar berishadi”

    Xonanda keyingi paytlarda intervyu berishni istamasligi va hamma negativ bo‘lib ketgani haqida gapirgan.

    Foto: Instagram / @ulugbekrahmatullaev

    — Ko‘rsatuvlarga borishni 90 foizga kamaytirib yuborganman, 95 foiz desam ham to‘g‘ri bo‘ladi. Sababi o‘zim xohlagan darajadagi qiziqarli ko‘rsatuvlarni ko‘rmayapman. Menga “sanʼatga kirib kelishingizga kim sababchi bo‘lgan”, “birinchi qo‘shig‘ingiz qaysi edi” degan savollarni berish xato, chunki million marta javob berilgan, ijtimoiy tarmoqlarda ham bor. Shaxs sifatida o‘ylanib qoladigan savollarni xohlayman, shunaqa narsalarni topa olmagandan keyin uzoqlashib qoldim.

    Foto: Instagram / @ulugbekrahmatullaev

    Yoki televideniyedagi bir ko‘rsatuvga borsangiz boshlovchi sizni kim bilandir urishishingizga sabab bo‘ladigan, “qitiqlaydigan” savollarni beradi, keyin siz ham kimnidir g‘iybat qilasiz, gunoh bo‘ladi. Undan keyin bir oy o‘zingizga kelmaysiz, nega bordim deysiz. Ko‘rsatuvni efirga berma deyishga vijdoningiz yo‘l qo‘ymaydi, sababi uning orqasida qancha muxlislar turibdi, qolganlar mehnat qilgan. Shunaqa holat bo‘lgani uchun haqiqatan ham o‘z kasbini hurmat qilgan insonlar bilan suhbat qilishga yuguraman. Tonggi dasturlar bor, yaxshilikni ravo ko‘radigan. Piar degan narsa shunaqa tushuncha bo‘lib qoldiki, uni ko‘rishlari uchun insonlar hamma ishni qiladigan bo‘lib qoldi, — deydi xonanda.

    “San’atdan ketgim keldi”

    Xonanda san’atdan ketish haqida o‘ylaganini ham yashirmaydi.

    Foto: Instagram / @ulugbekrahmatullaev

    — Menda shunday davr bo‘ldi, sanʼatdan ham ketgim keldi. Chunki sohamizdagi bir-ikkita insonlar, yoshi kattalari ham bor, faqat yoshlar deya olmayman, otini aytmayman, shaxsiyatga tekkizib gapiradigan odam emasman, shu sohaga dog‘ tushiraverganidan hurmati pasayib qolgan holatlar bo‘ldi. Men uyaldim, chunki men ham shu sohaning bir bo‘lagiman degan fikr bo‘ldi.

    Sanʼatdan ketsammikan, deb o‘yladim. Menda hech qachon bunaqa holat bo‘lmagan edi. Biroq yaxshi fikrlaydigan muxlislar borligi, ularni qo‘llab-quvvatlashi natijasida, ishimni yaxshi ko‘rganim uchun o‘zimni ushlab qoldim. Yo bu holatdan o‘tdik, yoki o‘rganib qoldik.

    “Farzandlarimning san’atkor bo‘lishini istamayman”

    Xonandaning 4 farzandi bor, ammo xonanda kelajakda ularning san’atkor bo‘lishini istamasligini gapirdi.

    Foto: Instagram / @ulugbekrahmatullaev

    — “Mashhur bo‘lish maza-ya, sizni hamma taniydi”, deyishadi. Aslida mashhurlik rohat emas, sinov bo‘ladi. Bu gapim bilan nolimoqchi emasman. Ammo hammaning nazarida bo‘lish ham oson emas. Bu insonga katta masʼuliyat yuklaydi.

    Bu yil ijodga kirib kelganimga 22 yil bo‘libdi. O‘ylab qarasam, 20 yil umrim faqat yugur-yugur va yo‘lda o‘tibdi. Alam qiladigani oilam uchun yetarlicha vaqt ajratolmadim. Shuning uchun hech bir farzandimning sanʼatkor bo‘lishini istamayman. Yaxshisi, boshqa sohani tanlasin va o‘z kasbining ustasi bo‘lsin, — deydi xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev.

    01.02.2024, 11:30   Izoh (0)   16659
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Mashhur bo‘lolmaganimdan afsuslanardim” — 50 yoshgacha omadini kutgan, Alla Pugachyova bilan birga o‘qigan va shaxsiy hayotida muvaffaqiyatsizlikka uchragan Nozim...

    07.01.2024, 12:55

    Beshinchi urinishda o‘qishga qabul qilingan, aktyorlikda emas, shoirlikda omadi kulgan Erkin Bozorov 35 yoshda (foto, video)

    11.01.2024, 11:50

    “Ichkilikka berilib, devonasifat insonga aylangandim” — shartnoma pulini to‘lolmay institutdan ketgan, san’atdan ko‘ngli sovigan va 5 bolaning otasi bo‘lgan Sanjar...

    30.01.2024, 15:25

    Bir necha kiloga ozganidan so‘ng tashqi ko‘rinishi keskin o‘zgargan mashhurlar (foto)

    31.01.2024, 16:35

    “Mitti vayn”chi Ulug‘bek marhum do‘sti Farhod Mannopovning opasiga Gentra sovg‘a qildi (video)

    31.01.2024, 09:45

    Zulayho Boyxonova, G‘iyos Boytoyev va boshqa ustoz san’atkorlarning Toshkentdagi “birrov” narxi qancha?

    30.01.2024, 13:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.