Ma’naviyat va ma’rifat markaziga yangi rahbar tayinlandi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Ma’lum qilinishicha, Minhojiddin Hojimatov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Otabek Hasanov Ma’naviyat va ma’rifat markazining yangi rahbari bo‘ldi.