Yevroittifoq yetakchilari Bryusseldagi sammitda Rossiyaning YIda muzlatilgan aktivlaridan olingan daromadlarni Ukrainani tiklashga yo‘naltirish ishlarini davom ettirishga kelishib oldi, dedi Charlz Mishel.
“Biz Ukrainani tiklash uchun Rossiya aktivlaridan keladigan daromaddan foydalanish bo‘yicha siyosiy darajada erishilgan kelishuvni olqishlaymiz. Biz bu masala ustida ishlashni davom ettiramiz,” dedi u sammit yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.
Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi faoliyatini davom ettiradigan Rossiya bilan bog‘liq mavzular qatorida u “sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurash”ni ham tilga oldi.
Yanvar boshida Bloomberg manbalarga tayanib, YI Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olinadigan foydaga soliq joriy etish rejasi ustida muvaffaqiyatli ishlayotgani haqida xabar bergandi. Agentlikning aniqlik kiritishicha, bir guruh davlatlar, jumladan, Germaniya Rossiya aktivlarining musodara qilinishiga o‘zlari ham qarshi ekanliklarini ochiq bildirgan.
2023-yil oktyabr oyida Belgiya hukumati Rossiya aktivlaridan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish orqali Ukraina uchun 1,7 milliard yevro jamg‘arma yaratishini e’lon qildi. 2022-yil mart oyida YI Rossiyaning Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi aktivlarini muzlatishga qaror qilgandi.
Izoh (0)