Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga kirishi haqidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish bo‘yicha navbatdan tashqari yig‘ilishni 5-fevralga belgiladi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar qildi.
Yig‘ilish navbatdan tashqari bo‘ladi, chunki parlamentning bahorgi sessiyasi faqat 26-fevralda boshlanishi rejalashtirilgan.
Avvalroq parlament spikeri Laslo Kyovyer va mamlakat hukumati bu maqsadda ratifikatsiya qilishga shoshilinch yig‘ilishga hojat yo‘qligini ma’lum qilgan edi.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi haqidagi protokolni tasdiqlagani xabar berilgandi.
Izoh (0)