Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida Hancom academy rahbariyati bilan “O‘zbekistondagi umumtaʼlim maktablarida axborot kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan “Smart sinflar” tashkil etish hamkorlik loyihasini amalga oshirish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, uchrashuvda Hancom academy tomonidan maktablarda AKTdan foydalanish, IT kasb yo‘nalishlarida to‘garaklar tashkil etish maqsadida 2027-yilga qadar 1000 ta o‘quv kompyuter sinflari to‘plami bosqichma-bosqich tarzda vazirlikka taqdim etilishi maʼlum qilingan.
Shuningdek, hamkorlik imkoniyatlarining kelgusi qadamlarini ishlab chiqish va rejalashtirish uchun tomonlar o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan.
Izoh (0)