Majburiy ijro byurosining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshoot majburiy tartibda buzdirildi. Bu haqda “Bu kun” ko‘rsatuvida xabar berildi.
Taʼkidlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra, daʼvogar Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi manfaati yuzasidan qarzdorga nisbatan o‘zboshimchalik bilan qurilgan 800 kv metr joydagi inshootni buzdirish belgilangan.
Qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan, biroq u turli bahonalarni ro‘kach qilib, o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootni buzmagan. Shundan so‘ng hujjat ijrosini taʼminlash maqsadida majburiy ijro harakatlari olib borilgan. Ijro harakatlari davomida qarzdor tomonidan keskin qarshilik bo‘lgani sababli, qarzdor MJtKning 148-modda, 2-qismi, beshinchi bandi (temiryo‘llar va avtomobil yo‘llari uchun ajratilgan mintaqalarni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Shundan so‘ng, majburiy ijro harakatlari tayin etilib borilganda buzdirilishi kerak bo‘lgan noqonuniy qurilish buzdirgan.
Izoh (0)