Surxondaryoda erkak yosh bolani urib, shafqatsiz munosabatda bo‘layotgani aytilgan va holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Unda aytilishicha, erkak oilasiga, farzandlariga umuman kun bermay har kuni urib, kaltaklab kelgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur videoxabardagi holat Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilganida, Termiz shahrida sodir bo‘lgani aniqlandi.
Ayni paytda ushbu videoxabar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Tekshirish natijasi yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi va bu haqda qo‘shimcha ma’lumot berilishi ta’minlanadi.
Izoh (0)