Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi Asaka avtoturargohida tashkil etilgan buyum bozorida yong‘in sodir bo‘lgandi. FVV yong‘in to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Unda aytilishicha, yong‘in haqidagi xabar FVBga 25-yanvar kuni soat 23:30 da kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 20 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 23:32 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in 26-yanvar kuni soat 00:30 da o‘rab olingan va soat 01:53 da bartaraf etildi.
Yong‘in natijasida taxminan 700-800 kvadrat metr maydon yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida fuqarolarni kuyish tan-jarohatini olish va halok bo‘lish holatlari to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.
Izoh (0)