FVV Andijon viloyatining Shahrixon tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida birlamchi ma’lumotlarni taqdim etdi.
Unga ko‘ra, 25-yanvar kuni soat 23:30 da Andijon viloyati Shahrixon tumanida joylashgan Asaka avtorurargohida tashkil etilgan buyum bozorida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Zudlik bilan aytilgan manzilga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlarini olib bormoqda. Hodisa joyiga FVB rahbariyati va tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan. Vaziyat nazoratga olingan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan. Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi aytilgan.
Izoh (0)