O‘zbekiston fuqarolari Turkiyadagi mehmonxona ishlariga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, ish turi — mehmonxona ishchisi, sanitariya xodimi va ro‘yxatxona ishchisi (reception). Xodimlarga quyidagicha imkoniyatlar taqdim etiladi:
- ish haqi: 18 000 Turkiya lirasi (595 dollar, soliqlar to‘langandan keyin);
- ish vaqti: 5 kun 8 soatdan (bir sutkada 3 ta smenaning birida ishlash);
- konsullik yig‘imidan tashqari barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan.
Shuningdek, nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yilgan:
- 19 yoshdan 40 yoshgacha;
- tajribaga ega bo‘lish;
- turk, rus yoki ingliz tilida intermediate (B2) darajada so‘zlasha olish;
- sudlanmaganlik;
- xorijga chiqishga taqiq yo‘qligi.
Eslatma: 600 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tgandan keyin to‘xtatiladi.
Izoh (0)