Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida elektr energiyasini o‘g‘irlagan shaxslar aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Qo‘shrabot tuman bo‘limi, tuman prokuraturasi va DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro B.X. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, noqonuniy ravishda toshlarni qazib olish, qayta ishlash va sotish faoliyatini amalga oshirish uchun hech qanday hujjatsiz elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulanib olib, jami 753 million so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
- Avvalroq Navoiyda “Zarmitan” oltin koniga qarashli yordamchi shaxtadan jasad topilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
- Shuningdek, 2022-yilda Samarqandda noqonuniy ravishda oltin qazib olish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlangan,
- Samarqandda tarkibida oltin bo‘lgan ruda toshlarini noqonuniy qazib olish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan edi.
Izoh (0)