Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi B guruhida 3-tur o‘yinlari yakunlandi.
Guruhning so‘nggi turida O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliyaga qarshi bahsda 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Shu tariqa Srechko Katanes shogirdlari B guruhida 5 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi va pley-offga yo‘l oldi.
Turnir reglamentiga ko‘ra, B guruhida 2-o‘rinni egallagan terma jamoa F guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoaga qarshi bahs olib boradi. Guruhdan Saudiya Arabistoni, Tailand, Ummon va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rin olgan.
F guruhida 3-tur bahslari 25-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Ortda qolgan 2-turdan so‘ng guruhdagi vaziyat quyidagicha ko‘rinish olgan:
25-yanvar kuni Saudiya Arabistoni Tailandga qarshi, Ummon esa Qirg‘izistonga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuvlar 20:00 da start oladi.
Izoh (0)