“Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzemaning kelajagi hamon so‘roq ostida.
Fabrisio Romanoning yozishicha, tez orada 36 yoshli futbolchining kelajagini muhokama qilish borasida suhbat bo‘lib o‘tadi. Benzemaning “Al-Ittihod” bilan munosabatlari yomonligicha qolmoqda.
Saudiya ligasi rahbariyati boshqa klubga o‘tsa ham, Karim chempionatda qolishini xohlamoqda.
Fransuz Yevropaga qaytishi uchun maoshini keskin kamaytirishga rozi bo‘lishi lozim.
Benzema “Al-Ittihod” bazasiga 17 kun davomida tashrif buyurmasdan, rahbariyatning jahlini chiqargandi. Klub uni yig‘inlardan chetlatgan edi.
Saudiya Arabistoni chempionati fevral oyida davom ettiriladi. “Al-Ittihod” tanaffusdan keyingi ilk uchrashuvni “Al-Tai”ga qarshi o‘tkazadi.
Karim Benzema Saudiya klubidagi 20 ta o‘yinda 12 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izoh (0)