Qozog‘istonning Turkiston viloyati politsiyasi xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda “Polisia.kz” xabar berdi.
O‘zbekistonliklar Turkiston viloyati IIB ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan aniqlangan. Ulardan biri uch yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan 38 yoshli fuqarodir. Politsiya uni Ordabasin tumanida hibsga olgan. 38 yoshli erkak O‘zbekistonda talonchilikda ayblanib sudlangan.
Aniqlanishicha, u 2020-yilda koloniyadan qochib, keyin Qozog‘iston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan. Ushbu fakt bo‘yicha barcha holatlarga aniqlik kiritilmoqda.
Ikkinchi qo‘lga olingan erkak esa 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, giyohvand moddalarni saqlash bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun Ostona shahar Politsiya boshqarmasi tomonidan qidiruvga berilgan. Hozirda ularni ekstraditsiya qilish masalasi hal qilinmoqda.
Izoh (0)