Qozog‘istonda ikkita qotillik va talonchilik jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs O‘zbekistonda qo‘lga olindi. Bu haqda “Upl.uz”ga tayanib, Tengrinews” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ikki davlat huquq-tartibot idoralari Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida qo‘shma operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazgan. Natijada qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olingan. U o‘n ikki yil davomida qochib yurgan.
Qo‘lga olingan shaxs vakolatli organlarga topshiriladi (jinoyat ishini ko‘rib chiqish va sud qarorini qabul qilish uchun).
Avvalroq Olmaotada 15 yildan beri jazodan qochib yurgan o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olingandi. Shuningdek, Qozog‘istonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi ushlangandi.
Izoh (0)