Fransiya Ukrainaga yanvar oyidan boshlab har oy 3000 ta snaryad yetkazib beradi, dedi mamlakat mudofaa vaziri Sebastyan.
U 2022-yilning fevralidan 2023-yilning dekabrigacha Kiyevga oyiga 2000 ta snaryad yetkazilganini, endi esa bu miqdor ko‘paytirilishini e’lon qildi.

Fransiyada o‘q-dorilar ishlab chiqarish darajasi pastligi haqidagi savolga Lekornu bu fikrga qo‘shilmasligini aytdi.
Shuningdek, u Fransiya yaqin haftalarda Kiyevga oltita Caesar o‘ziyurar artilleriya tizimini yetkazib berishini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, u “Fransiya 2024-yil va 2025-yil boshida Ukraina uchun mo‘ljallangan 78 ta Caesar tizimini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega”, deb qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)