Fransiyalik futbolchi Kilian Mbappe “PSJ”ni tark etishga qaror qildi.
![](/static/2024/01/16/gettyimages-1926369400-1024x1024-wa_MeQUO.jpg)
Jurnalist Abdella Bulmaning ma’lum qilishicha, Mbappe hali rahbariyatga o‘zining qarorini aytmagan bo‘lsa-da, keyingi mavsum klubda qolmaydi.
Kilian hamon “Real” bilan kelishuvga erishmagan, biroq u Florentino Peres bilan aloqalarni ushlab turibdi. Madrid klubi “PSJ”dan “yashil chiroq”ni kutmoqda. Parijliklar ham futbolchining ketishiga tayyor.
Mbappe joriy mavsum Fransiya chempionatida 17 ta o‘yinda qatnashib, 19 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)