“PSJ” prezidenti Nosir al-Helayfi Kilian Mbappe bilan bog‘liq mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
“Albatta, Kilianni qolishini xohlayman. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi, u uchun eng yaxshi klub esa — “PSJ”.
Fransiya Superkubogidan so‘ng o‘zi aytganidek, men bilan kelishuvi mavjud. Tafsilotlar oramizda qoladi. Bu kelishuv jentlmenlarcha bo‘lgan, bu yerda pulning aloqasi yo‘q.
Barchadan Kilianni tinch qo‘yishlarini so‘rardim. Hammasi joyida.
Uni juda yaxshi bilaman, Mbappe hech qachon klubga qarshi biror ish qilmaydi. Unga ishonaman”, — deydi al-Helayfi.
Izoh (0)