O‘zbekistonlik tennischi Nigina Abduraimova “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionati (Australian Open) saralash bosqichining ikkinchi raundida o‘z yurishini yakunladi.
Tennischi birinchi bosqichda braziliyalik raqibasini mag‘lub etgan bo‘lsa, ikkinchi davrada chexiyalik Dominika Shalkovaga imkoniyatni boy berdi.
1 soat 20 daqiqa davom etgan o‘yin Shalkovaning 7:5, 6:4 hisoblaridagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu bosqichgacha yetib borgani uchun Abduraimova 20 reyting ochkosi va taxminan 29 645 dollarga ega bo‘ladi.
Agar u uchinchi bosqichga yo'l olganida deyarli 44 ming, asosiy davraga chiqqanida esa 81 ming dollarga ega bo‘lishi mumkin edi.
Izoh (0)