Fransiyaning Limoj shaharida tennis bo‘yicha W125 toifasiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 125 ming dollarni tashkil etuvchi mazkur musobaqada o‘zbekistonlik Nigina Abduraimova ham ishtirok etadi.
Nigina 13-dekabr, chorshanba kuni ilk davrada shveysariyalik Syuzan Bandechchiga qarshi kortga chiqadi.
Abduraimova WTA reytingida 221-o‘rindan, Syuzan esa 334-o‘rindan joy olgan. Ushbu bahs soat 14:00 da start oladi.
Izoh (0)