Turkmanistonda 2024-yilda tug‘ilgan birinchi o‘g‘il bolaga Arqadag‘ ismi qo‘yildi. Bu haqda “MIR 24” xabar berdi.
Bola Ashxoboddagi Ona va bola salomatligini muhofaza qilish ilmiy-klinik markazida dunyoga keldi. Uning vazni 4 kilogramm 230 gramm, bo‘yi 54 santimetr. Bu Kakageldiyevlar oilasidagi uchinchi farzand hisoblanadi. Unga ota-onasi Arqadag‘ ismini qo‘ygan.
“Yangi yilda men uchun eng go‘zal lahza o‘g‘limning dunyoga kelishi bo‘ldi. Farzandim bu yil yurtimizda birinchi tug‘ilgan bola ekanligidan juda xursandman”, – deydi yangi tug‘ilgan o‘g‘ilning onasi O‘g‘ulobot Kakageldiyeva.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning ota-onasiga Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov nomidan tabrik va sovg‘alar topshirilgan.
Izoh (0)