BRIKS tarkibiga 1-yanvar kuni beshta yangi aʼzo davlat — Misr, Eron, BAA, Saudiya Arabistoni va Efiopiya qo‘shildi. Rossiya tashkilot raisligi lavozimini egalladi. Bu haqda Kremlin saytida xabar berildi.
“1-yanvar kuni Rossiya BRIKSga raislik estafetasini qabul qildi, o‘tgan avgust oyida tasdiqlangan BRIKSning XV sammiti qaroriga ko‘ra, u hozirda 10 ta davlatni o‘z ichiga oladi. BRIKSga Misr, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Efiopiya yangi to‘liq aʼzo sifatida qo‘shildi”, — deyiladi Rossiya prezidentining rasmiy saytida.
Bir necha kun oldin Argentinaning yangi prezidenti Xaver Miley mamlakatning BRIKSga kirishini rad etgandi.
Izoh (0)