Sudyalar oliy kengashi qarori bilan navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan:
- Maʼrufjon Ergashev — sudyalik lavozimida bo‘lishning besh yillik muddatiga Toshkent viloyati Nurafshon tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga;
- Alisher Maksudov — sudyalik lavozimida bo‘lishning besh yillik muddatiga Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
- Botir Cho‘liyev — sudyalik lavozimida bo‘lishning besh yillik muddatiga Surxondaryo viloyati Termiz tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, beshta viloyat sudlarining raislari o‘zgargandi. Bundan oldin O‘zbekistonda 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y bergani, Qashqadaryoda fuqaro nogironlik nafaqasini ololmay qolganiga sabab bo‘lgan sudyaga chora ko‘rilgani, Sudyalar oliy kengashida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)