• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Birdan ortiq mashinaga ega oilalarga mol-mulk solig‘ini ko‘proq to‘lash tartibini joriy etish taklif qilinmoqda

    Ekologik partiya deputatlari Toshkent shahri havosidagi ifloslanish darajasi ortib borayotgani sabab bir qancha takliflar bildirdi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xususan, Ekologik partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zosi Nosirjon Aminov ekologiyadagi muammolar bevosita tartibsiz qurilishlar sababli daraxtlar kesilishiga, transport vositalari soni keskin oshib ketishiga bog‘liq ekanini aytgan. 

    “2023-yil ham yakuniga yetib boryapti, lekin Toshkent shahri havosidagi ifloslanish darajasi yaxshilanishidan darak bo‘lmayapti. Tartibsiz qurilishlar sababli daraxtlar kesilishi, transport vositalari soni keskin oshib ketishi baribir o‘z so‘zini aytyapti. 

    Shaharda tartibsiz qurilishlarni yoki avtomobillar harakatlanishini cheklamasak, o‘nglanishimiz qiyin bo‘ladiganga o‘xshab turibdi. Kimgadir yoqar yoki yoqmas, ammo ifloslangan havodan bolalarimiz nafas olishiga tomoshabin bo‘lishdan voz kechish vaqti keldi. Shu o‘rinda ayrim yechimini kutayotgan masalalarga e’tibor qaratish joiz deb o‘ylayman:

    • Qurilish ishlarini tashkil qilish uchun belgilangan “SanPin” talablariga rioya qilmaganlar keskin javobgarlikka tortilishi kerak.
    • Poytaxt hududida tirbandliklarni bartaraf etish maqsadida avtomobillar harakatlanishini tartibga solish ishlarini qayta ko‘rib chiqish, hatto vaqtincha bo‘lsa-da, shaharga kirishda ayrim cheklovlarni tatbiq qilish zarur. 
    • Atmosfera havosining ifloslanishining oldini olish maqsadida birdan ortiq avtomobilga ega oilalarga mol-mulk solig‘ini ko‘proq to‘lash tartibini joriy etish maqsadga muvofiq, deb o‘ylayman.

    Bir so‘z bilan aytganda, xususiy avtomobildan foydalanish hashamdor, jamoat transportlari qulay hamda piyoda yo‘llari esa zamonaviy va xavfsiz holatda bo‘lishi zarur”, — deydi deputat.

    Shuningdek, partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zosi Navro‘zbek Yusupov Toshkent cho‘llashayotganini, havo ifloslanishi bo‘yicha jahon reytinglarida “faxrli” yuqori pog‘onalarni boy bermayotganini qayd etgan. 

    “Poytaxtimiz Toshkent ko‘z oldimizda cho‘llashyapti, havo ifloslanishi bo‘yicha jahon reytinglarida “faxrli” yuqori pog‘onalarni boy bermayapti. 

    2021-yilda, yaxshi eslaymiz, Toshkentni qalin chang qopladi. Havoda inson salomatligiga zararli bo‘lgan zarrachalar miqdori mumkin bo‘lgan me’yorlardan 30 barobar ortib ketdi.

    Har qanday shakllanayotgan megapolis kabi O‘zbekiston poytaxti ham intensiv urbanizatsiya jarayonlariga xos jarayonlarni boshdan kechirishi, albatta, tabiiy. Lekin Toshkent 20-30 millionlik Mumbay, Dehli, Dakka, Pekinlardek super-megapolis emas, hayot ulardagidek qaynamaydi, qurilish ko‘lamlari va sur’atlari ham ulardagidek ulkan va shiddatli emas. Shunga qaramay, bir paytlar yashillik bo‘yicha Yevropa shaharlariga “fora beradigan” poytaxtimiz oxirgi vaqtlar hatto Osiyoning monstrlarini ham havo ifloslanishi bo‘yicha bemalol ortda qoldirib ketyapti.

    Biz bu muammolarni qurilishlarni, transport oqimlarini tartibga solish orqali yechishimizga ishonaman”, — deydi u.

    26.12.2023, 23:35   Izoh (0)   11714
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Botanika bog‘ini hokimlik balansiga o‘tkazish uchun bir qancha boshqarmalar Ekologiya vazirligi bilan kelishgani haqida xabarlar tarqaldi

    10.10.2023, 21:12

    “O‘zbekiston uchun kuchayib borayotgan qum va chang bo‘ronlari muammosi har qachongidan ham dolzarbdir” — ekologiya vaziri

    15.11.2023, 21:40

    Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 4-o‘ringa chiqdi

    22.12.2023, 10:48

    “Ikki mingga yaqin migrant yoshlar Vatanga qaytariladi va bandligi ta’minlanadi” — Zoir Aliqulov 

    26.12.2023, 23:10

    UzAutoMotors eng ko‘p qaysi avtomobilga shartnoma tuzilganini ochiqladi 

    26.12.2023, 21:30

    Shavkat Mirziyoyev yetti prezident bilan Rossiyaning muzey-qo‘riqxonalariga tashrif buyurdi (foto)

    26.12.2023, 21:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hojimat Erkinov “Paxtakor”ga qaytdi

    Sport | 15 iyul, 12:08

    SQB dan “TEZKOR+” krediti — biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim

    Reklama | 15 iyul, 12:00

    Yengil jazo evaziga 60 ming dollar: Surxondaryoda advokat qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 11:56

    Issiq havoda chanqoqni tez qondiradigan tabiiy ichimliklar

    Maslahatlar | 15 iyul, 11:51

    AQSHda 35 yilga qamalishi kerak bo‘lgan shifokor oqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 11:38

    Gollivud yulduzi Jorj Klunining Fransiyadagi uyida yong‘in chiqdi

    Kino | 15 iyul, 11:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.