Chevrolet Cobalt avtomobillarining 2024-yildagi butun hajmi uchun shartnomalar tuzildi, deb xabar bermoqda UzAutoMotors.
Xabarga ko‘ra, 26-dekabr soat 20:30 holatiga ko‘ra, Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun jami 98,3 mingdan ortiq shartnoma tuzildi. Ularning 95 foizi Chevrolet Cobalt avtomobiliga tuzilgan.
Chevrolet Cobalt avtomobillarining kontraktatsiyada mavjud butun hajmi uchun shartnomalar tuzilgan.
Ayni paytda UzAvtoSavdo onlayn-savdo tizimi orqali Damas va Labo avtomobillariga shartnoma tuzish imkoniyati mavjud.
Izoh (0)