Toni Kroos Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini tiklashi mumkin.
“Real” yarim himoyachisi terma jamoaga qaytish va Yevro—2024 musobaqasida ishtirok etish haqida jiddiy o‘ylamoqda, deya xabar beradi Bild jurnalisti Kristian Falk.
2021-yilda Germaniya Yevropa Chempionatidan chiqib ketgach, Toni terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi. Yevro—2024 musobaqasi esa aynan Germaniyada bo‘lib o‘tadi.
Joriy mavsum 33 yoshli futbolchi La Ligada 17 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izoh (0)