Rossiyaning Tojikistondagi elchisi “TASS” axborot agentligiga bergan intervyusida “Tolibon” hozirgacha chegaralarini qo‘riqlay olmaganini aytdi.
2023-yilda “Tolibon” hukmronlik qilayotgan Afg‘onistondan ekstremistlar Tojikistonga o‘tishga bir necha bor uringan. Ammo ular tojikistonlik chegarachilar tomonidan qaytarilgan yoki zararsizlantirilgan.
Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya o‘z ittifoqchilari, jumladan Tojikistonga qarshi halokatli hujumlarning oldini olish uchun qo‘lidan kelganini qiladi.
“Tolibon”ning Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar xavfsizligini taʼminlash borasidagi vaʼdalarida hech qanday oldinga siljish ko‘rmayapmiz, — dedi Rossiya diplomati
Avvalroq Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida “Tojikistonning Afg‘oniston bilan janubiy chegarasini barqarorlashtirish” loyihasi doirasida Tojikiston Chegara qo‘shinlarining 84 nafar zobitini o‘qitgani xabar qilingandi.
Izoh (0)