“Tolibon” tomonidan Kunar daryosining bo‘yidagi gidro elektr stansiya qurilishi Pokiston bilan ziddiyatga olib kelishi mumkin. Bu haqda Sputnik Afg‘oniston xabar berdi.
Balujiston viloyati axborot vaziri Jan Achakzayga ko‘ra, “Tolibon”ning bu qarori Islomobodda ochiq dushmanona qadam sifatida qabul qilinadi. Harakat GES qurilishiga hind kompaniyasini jalb qilmoqchi, garchi “Tolibon”ning o‘zi turk kompaniyasi haqida gapirgan.
2013-yilda Kobul va Islomobod Kunar daryosida 1,5 ming megavatt quvvatga ega GES loyihasi bo‘yicha hamkorlikni boshladi. Ular Hind-Pokiston komissiyasi namunasida Kobul havzasining suv resurslarini boshqarish komissiyasini tuzishga yaqinlashdi. “Tolibon” suv va energetika vaziri Abdul-Latif Mansur Kunar daryosidan Pokistonga suvning nazoratsiz oqib o‘tishiga chek qo‘yish niyatida ekanliklarini ma’lum qildi
Izoh (0)