• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lsak, monopolistlarni yo‘q qilishimiz mumkin” — iqtisodiy tahlilchi

    So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga tezroq qo‘shilish uchun bu boradagi saʼy-harakatlarni jadallashtirdi. Xo‘sh, O‘zbekiston JSTga aʼzo bo‘lsa, bundan nima yutadi-yu, nima yutqazadi? Tashkilotga aʼzo bo‘lmoqchi bo‘lgan davlat qanday talablarni bajarishi kerak?

    “Daryo” ushbu mavzuda iqtisodiy tahlilchi Nodirbek Rasulov bilan suhbatlashdi.

    – Ko‘pchilik kuzatuvchilarimizda Jahon savdo tashkiloti (JST) qanday tashkilot ekanligi haqida tushuncha bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun suhbatimiz boshida Jahon savdo tashkiloti aslida qanday tashkilot ekanligi va uning funksiyalari nimalardan iborat ekanligi haqida to‘xtalib o‘tsak.

    – Haqiqatan ham, Jahon savdo tashkilotining dunyo iqtisodiyotidagi o‘rni qanday ekanligiga ko‘pchilik qiziqadi. Bu borada juda ko‘plab mutaxassislar o‘z fikrlarini bildirgan. Ushbu tashkilot dunyoda o‘yin qoidalarini begilovchi yoki xalqaro savdoni tartibga soluvchi tashkilot hisoblanadi. Jahon savdo tashkilotining uchta muhim tamoyili mavjud. Birinchisi – xalqaro savdoni liberallashtirish hisoblanadi. Ikkinchisi – tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi savdo bitimlarining oshkora bo‘lishini ta’minlash. Uchinchisi – mamlakatlararo raqobat muhitini tashkil qilish. Ya’ni ushbu tashkilot mamlakat ichidagi monopolist kompaniyalar va protektanizm siyosatiga barham beruvchi tashkilot hisoblanadi.

    – Ayni O‘zbekistonbop tashkilot ekan-da!?

    – Albatta, hozir sovuq ob-havo tufayli transport vositalariga o‘z vaqtida yonilg‘i yetkazib berishda muammolar yuzaga kelmoqda. Energetika sohasidagi islohotlar bevosita Jahon savdo tashkiloti bilan bog‘liq. Davlat rahbari 2017-yilda bu Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish masalasini bekorga ko‘tarmagan. O‘z vaqtida ushbu tashkilotga qo‘shilmaganimizning oqibatlari bugun namoyon bo‘lmoqda.

    – Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lmoqchi bo‘lgan davlat qanday talablarni bajarishi kerak?

    – Bugungi kunda 164 mamlakat Jahon savdo tashkilotiga a’zo hisoblanadi. Bu davlatlar hissasiga global savdo va jahon yalpi ichki mahsulotining qariyb 98 foizi to‘g‘ri keladi. Bundan ko‘rishimiz mumkin-ki, bu global tashkilot hisoblanadi. Albatta, bu tashkilotga kirishning o‘z talablari mavjud. Birinchi navbatda a’zo bo‘lmoqchi bo‘lgan davlatning iqtisodiyoti erkin va jahon bozori uchun eshiklari ochiq bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi juda kam bo‘lishi zarur. Uchinchidan, davlatda monopol kompaniyalar kam bo‘lishi kerak. Chunki mamlakatda monopol kompaniylar ko‘p bo‘lsa, bu iste’molchilarning huquqlarini cheklaydi. Qayerda monopoliya bo‘lsa, o‘sha yerda sifatsiz mahsulot ko‘payib ketadi. Monopoliya sharoitida talabni ishlab chiqaruvchi qo‘yadi. “Istasang shu, bo‘lmasa, katta ko‘cha” deydi.

    Iqtisodiy tahlilchi Nodirbek Rasulov
    Foto: “Daryo”

    Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish uchun men yuqorida sanab o‘tgan talablarni bajarish zarur. Bundan tashqari, davlat o‘z qonunlarini Jahon savdo tashkilotining talablariga moslashtirish zarur. Shu nuqtayi nazardan konstitutsiyaviy islohotlar vaqtida 67-moddaga yangi bir o‘zgarish kiritdik.

    Yangi tahrirdagi konstitutsiyaning 67-moddasi:

    Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlaydi.

    Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli.

    O‘zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.

    Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.

    Shuningdek, tashkilotga a’zo davlatlar bilan o‘zaro savdo qilayotganda, ochiqlikni ta’minlash kerak. Keyin bizga mahsulot import qilayotgan korxonalarga o‘zimizda mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan teng sharoit yaratib berish zarur.

    Jahon savdo tashkilotiga kirish uchun 15 ga yaqin bitim imzolanishi kerak. Agar O‘zbekiston shu shartnoma shartlarini bajarishni o‘z bo‘yniga olib, shartnomaga imzo cheksa, O‘zbekistonning JSTga kirishi ancha tezlashadi.

    – O‘zbekiston necha yilda tashkilotga qo‘shilishi mumkin?

    – Jahon savdo tashkilotiga eng qisqa vaqt ichida qo‘shilgan davlat bu –  Qirg‘iziston. U 3 yilda tashkilotga a’zo bo‘lgan. Tashkilotga eng uzoq vaqt davomida qo‘shilgan mamlakat bu – Rossiya. Rossiya 23 yil deganda JSTga qo‘shilgan. O‘zbekiston tashkilotga a’zo bo‘lish uchun 1994-yilda ariza topshirgan, agar 2024-yil bilan hisoblasak, O‘zbekistonning JSTga kirish bo‘yicha ariza berganiga 30 yil bo‘ladi. Biz Rossiyaning rekordini yangilaymiz.

    Jahon savdo tashkilotiga 2-3 yildan keyin qo‘shilamiz, deyish qiyin. Chunki bu tashkilotning bir qancha nozik talablari bor. Bunga biz javob berishimiz kerak. Misol uchun, bizda bozor iqtisodiyoti bilan bog‘liq bir qancha masalalar bor. Bu ma’lum bir vaqt talab etadi. Jahon savdo tashkilotiga O‘zbekiston qanchalik tez kirsa, bundan ham davlat, ham xalq yutadi.

    Suhbat davomida
    Foto: “Daryo”

    – O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lishi uchun 1994-yilda ariza bergan ekan. Nega tashkilotga qo‘shilishimiz bu darajada cho‘zilib ketgan?

    – Birinchidan, o‘sha vaqtda bizning iqtisodiyotimiz yopiq bo‘lgan. Ikkinchidan, O‘zbekiston protektanizm siyosatini olib borgan. Ya’ni tashqaridan kiruvchi mahsulotlarga katta bojlar joriy qilgan. Uchinchidan, konvertatsiya masalasi juda muammo bo‘lgan. Mana shu omillar sababli O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish masalasi cho‘zilib ketgan. 2005-yilda JSTga qo‘shilish masalasi mutlaqo yopilgan edi.

    – Bugun ham O‘zbekistonda monopol kompaniyalar mavjud. Bundan tashqari, hali tashqaridan keladigan mahsulotlarga bojlarni qisqartirganimiz yo‘q. Shunday sharoitda qanday qilib JSTga qo‘shilish haqida gapirish mumkin?

    – Biz yaqinda “O‘zbekiston-2030” strategiyasini qabul qildik. Bunda biz o‘z oldimizga bir qancha maqsadlarni qo‘yganmiz. Bugungi kunda O‘zbekistonda 2300 dan ortiq davlat ulushi bo‘lgan kompaniyalar mavjud. 2030-yilgacha shu kompaniyalar sonini 6 barobarga qisqartirish maqsad qilingan. Shuningdek, 17 ta monopol kompaniyalarga barham berish masalasi ham qo‘yilgan. To‘g‘ri aytdingiz, bu masalalarni tezroq hal qilmasak, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi yana cho‘zilib ketishi mumkin. Shuning uchun 2030-yilgacha belgilab olingan strategiyada monopol kompaniyalarni qisqartirish masalasi usutuvor masala qilib belgilangan.

    – Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilsak, bu oddiy xalqqa qanday foyda keltiradi?

    – Agar O‘zbekiston JSTga oldinroq a’zo bo‘lganida edi, hozir aholimizning turmush tarzi mutlaqo o‘zgacha bo‘lar edi. O‘zbekiston tashkilotga qo‘shilgach, bizning bozorlarimizga arzon va sifatli mahsulotlar kirib kela boshlaydi. Xalqimizda tanlov imkoniyatlari kengayadi. Misol uchun, O‘zbekistondagi avtomobil bozoriga elektromobillar kirib kelgach, avtomobil bozoridagi narxlarning pasayishiga olib keldi. Agar mamlakatda monopol kompaniya bo‘lsa, u ishlab chiqaradigan mahsulotning narxi jahon bozoridagi narxga nisbatan bir necha barobar qimmat bo‘ladi. Bu narsa aholining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Oddiy misol, JSTga a’zo davlat bilan O‘zbekistonning energetik holatini solishtirib ko‘ring. Juda katta farqni ko‘rasiz. Jahon savdo tashkiloti mamlakat ichida sog‘lom raqobat muhiti bo‘lishini ta’minlaydi. Mamlakatimizda sog‘lom raqobat sharoiti bo‘lmagani uchun aholimiz qishda ayrim qiyinchiliklarga duch keladi. Agar bozor ochiq bo‘lsa, bizga arzon xomashyo ham kirib keladi. JSTga a’zo bo‘lsak, iqtisodiyotimizning imuniteti oshadi. Agar qo‘shilishimiz cho‘zilib ketsa, iqtisodiyotimizning imuniteti pasayib ketadi.

    Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishimizning ayrim salbiy tomonlari ham mavjud. Agar tashkilotga a’zo bo‘lsak, bizga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kirib keladi. Bu o‘z navbatida bizning qishloq xo‘jaligimizga ta’sir qiladi. Lekin Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishimiz korrupsiya va xufyona iqtisodiyot ko‘lamini kamaytiradi.

    – Agar O‘zbekiston JSTga qo‘shilsa, uning geografik joylashuvi iqtisodiy imkoniyatlarni oshirsa kerak?

    – O‘zbekiston juda qulay joyda joylashgan. Agar JSTga qo‘shilsak, logistik xizmat narxlari arzonlashadi. Chunki Qirg‘iziston va Qozog‘iston Jahon savdo tashkilotiga a’zo. Ular bilan iqtisodiy munosabatda o‘yin qoidalari mutlaqo o‘zgaradi. Masalan, bizda ishlab chiqarilgan mahsulot qo‘shni Qirg‘izistonga olib chiqilib, qayta hujjat qilinib xorijga chiqariladi. Biz JSTga kirmay, ma’lum muddat yutqazib qo‘ydik. Biz oltin o‘rtalikni ushlab harakat qilishimiz kerak.

    Sardor Ali suhbatlashdi

    18.12.2023, 19:00   Izoh (0)   13201
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning JSTga kirishi bo‘yicha muzokaralar jiddiy bosqichga chiqdi — Jenevadan maxsus intervyu

    18.11.2023, 22:01

    JST pasayishdan so‘ng jahon savdosi tiklangani haqida xabar berdi

    28.11.2023, 11:50

    Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiyoti taqqoslandi. Kimniki kuchli?

    10.12.2023, 21:55

    O‘zbekistonga 7 ta samolyot olib kelinib, yana 3 ta xalqaro yo‘nalish ochiladi

    18.12.2023, 18:39

    O‘zbekistonda ayrim fuqarolarga 50 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar berish yo‘lga qo‘yiladi

    18.12.2023, 18:34

    O‘zbekistonda ilk bor bazaviy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi mikromoliya banklari ishga tushadi

    18.12.2023, 18:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.