“Qirg‘izko‘mir” 2024-yilda Xitoyga ko‘mir eksport qilishni boshlaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarovga tayanib, 24.kg xabar berdi.
Ko’mir ta’minoti to‘rtta — Oq-Uloq, Urmezon, Qora-Keche va Besh-Burkan konlaridan amalga oshiriladi. 2025-yilgacha Norin viloyatida ko‘mirni boyitish zavodi quriladi. Japarov 2024-yilda 30 ming tonna bitum ishlab chiqarish, 450 kilometr yo‘l asfaltlanishini ta’kidladi.
“Shimol-janub yo‘lidagi Ko‘k-Art tunneli qurib bitkaziladi va avtomobil yo‘li ochiladi”.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi 2026-yilda foydalanishga topshirilishi kutilayotgan Baliqchi—Qo‘chqor temiryo‘lining yana 20 kilometrini qurishni rejalashtirgan. Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashi yakunlangan.
Izoh (0)