Xitoy Qirg‘iziston ishbilarmonlariga viza berishni soddalashtirmoqchi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Qirg‘iziston savdo-sanoat palatasi rahbari Temir Sariyev va Xitoyning Qirg‘izistondagi elchisi Du Deven bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Tomonlar tadbirkorlar uchun viza olish ishlarini faollashtirish muhimligini ta’kidladi. Xitoyning Qirg‘izistondagi favqulodda va muxtor elchisi 17-dekabrdan boshlab Xitoy vizalar berish tartibini o‘zgartirayotganini ma’lum qildi.
“Shu bilan birga, u amaldagi normativlarga muvofiq bo‘ladi. Qirg‘iziston Savdo-sanoat palatasiga a’zo bo‘lgan ishbilarmonlar Qirg‘iziston Savdo-sanoat palatasining taklifnomasi va xati bo‘lsa, tashkilot orqali elchixonaga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. Ularning muammolari esa ustuvor tartibda hal etiladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)