Shvetsiya hukumati qamoq jazosiga hukm qilingan mahbuslar uchun boshqa mamlakatlardagi qamoqxonalarni ijaraga olish niyatida. Maxsus komissiya kelasi yili qaysi davlatlar “mezbon davlat” sifatida qamoqxonalaridan joy berishi va qaysi toifadagi mahbuslar ushbu yangilik bilan qamrab olinishi bo‘yicha takliflar kiritishi kerak.
Bu haqda Shvetsiya adliya vaziri Gunnar Stryommer ma’lum qildi.
Uning tushuntirishicha, xorijda qamoqxonalarni ijaraga olish Shvetsiyada ozodlikdan mahrum qilish joylarining yetishmasligi muammosini hal qilishga yordam beradi.
“Maqsad — mamlakatimiz qamoqxonalari tizimidagi yukni yengillashtirish”, — dedi Gunnar Stryommer.
Maxsus komissiya, shuningdek, ushbu tashabbusni amalda amalga oshirish uchun qonunchilikka biron bir o'zgartirish kiritish talab qilinadimi yoki yo'qligini aniqlashi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)