Dagens Nyheter gazetasining xabar berishicha, Shvetsiyadagi o‘rta maktab o‘qituvchisi o‘quvchilarga teraktni nazariy jihatdan rejalashtirishni buyurgani uchun ishdan chetlatildi.
“Yo‘nko‘ping munitsipalitetidagi o‘rta maktab o‘qituvchisi o‘quvchilariga terrorchilik xurujini nazariy jihatdan rejalashtirish vazifasini topshirgani uchun ishdan chetlatildi”, deb yozadi gazeta.
Maktab voqea yuzasidan tergov olib borar ekan, politsiyaga ariza yuborgan, deya aniqlik kiritmoqda nashr.
Munitsipalitet Shvetsiyada terrorchilik xavfi kuchaygan hozirgi vaqtda voqeani juda jiddiy qabul qilishini aytdi.
Izoh (0)