Shvetsiya terma jamoasining ikki nafar muxlisini o‘ldirgan shaxs qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, 16-oktyabr kuni Belgiya va Shvetsiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin (1:1) Bryusselda sodir bo‘lgan qotillik tufayli birinchi bo‘limdan so‘ng to‘xtatilgan. Voqea joyida ikki nafar shvetsiyalik muxlis otib ketilgan.
17-oktyabr tongida politsiya qotilni qo‘lga olgan. 45 yoshli jinoyatchi to‘qnashuvda ko‘kragidan o‘q yegan va reanimatsiyada vafot etgan. Tintuv chog‘ida undan bir qancha qurollar, jumladan, hujumda ishlatilgan qurol ham topilgan.
Izoh (0)