Qirg‘izistonda rasmiylar har bir maktab o‘quvchisi uchun noutbuk sotib olishni rejalashtirmoqda, deb ma’lum qildi Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov.
Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi maktablarda raqamli transformatsiyani bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘ymoqda.
Birinchi bosqichda har bir o‘qituvchini noutbuk bilan taʼminlash va uni qayta tayyorlash zarur. Har bir shahar va qishloqdagi o‘qituvchilar eng ilg‘or kadrlar bo‘lishi kerak. So‘ng har bir o‘quvchiga noutbuk sotib olish rejalangan. Bunda har bir bolada shaxsiy o‘qituvchi va kecha-yu kunduz bilim olish imkoniyati bo‘ladi, — dedi Japarov.
Vazirlar Mahkamasi rahbari shuningdek, bundan buyon respublikada STEM fanlari (tabiiy fanlar) va ingliz tilini o‘qitishda Oksford va Kembrij darsliklaridan foydalanish kutilayotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, “Akilman” prezident litseyi allaqachon bunday tizimdan muvaffaqiyatli foydalanmoqda.
Izoh (0)