Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskva—Termiz yo‘nalishida uchayotgan HY9610 reysi 5-dekabr kuni Aqto‘bega qo‘ndi.
Uzbekistan Airports matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bunga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘ldi. Shu sababli Rossiyadan O‘zbekistonga uchayotgan samolyot Qozog‘iston xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga yo‘l oldi. Ekipaj bort tagiga tez yordam mashinasini chaqirtirgan.
Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 14:28 da Aqto‘bega qo‘ngan bo‘lib, yaqin soatlarda manzil aeroporti—Termizga uchib ketishi kutilmoqda.
Izoh (0)