Qirg‘izistonda qalbaki pullarning noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullangan transmilliy jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib, 24.kg xabar berdi.
Tergovda aniqlanishicha, ular O‘zbekiston va Turkiya fuqarolari bilan oldindan til biriktirib, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda qalbaki dollarlarni qayta sotgan. Banknotalar Turkiyada chop etilgan. Xavfsizlik xizmati xodimlari allaqachon ularning savdodagi sheriklarini aniqlashmoqda.
“Ikki respublika hududida qalbaki pul ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni aniqlash, ularning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi.
Izoh (0)