Falastinning HAMAS harakati Isroil bilan sulhni to‘rt kunga uzaytirmoqchi. Bu haqda BBC xabar berdi.
HAMASga yaqin anonim manbaga ko‘ra, harakat xuddi hozirgi shartlar ostida “sulhni to‘rt kunga uzaytirishga rozi”. Shartlar Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarni ozod qilish evaziga har kuni kamida 10 nafar isroillik garovga olinganlarni ozod qilish, G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini yetkazish va Isroilning ushbu sektor ustidagi parvozlarini (jumladan, dronlar) to‘xtatib turishni o‘z ichiga oladi. Tegishli shartlar asosidagi kelishuv oltinchi kundan beri amal qilmoqda, u allaqachon bir marta ikki kunga uzaytirilgan.
Rasmiy ravishda u 29-noyabr kuni tugaydi, biroq Qatarda Isroil, AQSH va Misr razvedka xizmatlari rahbarlari ishtirokida sulhni yana bir necha kunga uzaytirish bo‘yicha qizg‘in muzokaralar olib borilmoqda.
Izoh (0)